
Alisher Navoiy korpusi

401
Ne g'am ko'rguzsa ko'ksum yorasin choki giribonim,
Ko'runmas bo'lsa ko'nglum yorasidin dog'i pinhonim.
Bag'irdin o'zga yo'qtur to'ma, ko'ksum chokidin yerga
Ichimga boshini solib iting gar bo'lsa mehmonim.
Bo'lubtur za'fim ul yanglig'ki, bossam mo'rni o'lmas,
Vale ul jismim uzra chiqsa, dardidin chiqar jonim.
Tanimg'a muncha za'f o'ldiki, rangin ashk ifroti,
Ne tong za'fim, chu ikki zaxmdin turmay borur qonim.
Sabohi vasl ul oy istab meni tufrog' aro topmas,
Ki shomi hajr ko'p gardi fano yog'durdi vayronim.
Chamandin yel ravonoso kelur har dam, ajab ermas,
Ki gulgashti chaman aylar bugun sarvi xiromonim.
Tiyarmen oh-u ashkimni ulus bedodidin, yo'qsa
Olur dodim alardin ushbu sarsar birla to'fonim.
Meni maqsuddin mahrum etibsen, ey ko'ngul, har dam
Jafo dog'i bila kuydurmakim, bas dog'i hirmonim.
Qilibtur va'dai vasl, ey Navoiy, vah, ne xush bo'lg'ay,
So'zin bir qatla gar chin aylasa ul ahdi yolg'onim.