Alisher Navoiy korpusi

402

Sahar ko'rdum yuzin - aqshomgacha kuydi hazin jonim,

Bu erdi subhi vaslim to ne bo`lg`ay shomi hijronim.

Quyosh kulbamg'a ingandin manga yuz qatla xushroqdur

Qaro shomimni ravshan aylagan sham'i shabistonim.

Ne yanglig' yoshuray hijron g'aminkim, fosh etar har dam

Og'izdin shu'laliq ohim, nazardin ashksiz qonim.

Ajabtur toiri vasl istamak kulbamg'a qo'nmoqkim,

Yaqindur nasri voqi'ni uchurg'ay ko'ktin afg'onim.

Qading naxli xayoli ko'zdadur, ey navbahori husn,

Maozalloh, agar oni qo'ngarg'ay sayli mujgonim.

Dedim, so'zon ko'nguldin chekmagil bir dam xadangingni,

Dedikim, qolsa bir dam su bo'lur ul o'tda paykonim.

Baliyat toshi yog'durg'an kibi vayronima gardun,

Mazallat gardi har dam yog'durur boshimg'a vayronim.

Qadah davrin evur, ey dayr piri, toki mumkindur,

Ki davron ranjini tortarg'a emdi yo'qtur imkonim.

Dema jomi fano ichra ezilmishtur ajal zahri,

Navoiy, jon berib, ul jomni chekmakdur armonim.

  • Semantik izoh: