Alisher Navoiy korpusi

404

Junundin uyla tufrog' o'ldi jismi ranjparvardim,

Ki har tosh ursalar atfol jismimg'a, chiqar gardim.

Necha hajrinda o'lsam ohu ashkimdin solib to'fon,

Vale qo'ymang, ko'rarga kelsa sarvi nozparvardim.

Yo'lida baski qo'ydum chehra sanchilg'an xas-u xoshok,

Somonlar bilki chekmish kahrabodek chehrai zardim.

Payopay ne ekin abri bahoriydin choqin tushmak,

Bulut uzra bir uchqun soldi go'yo shu'lai dardim.

Quyundek gar talab dashtida yo'q men yetmagan vodiy,

Ne g'am, sargashtalikda uchrasa mohi jahongardim.

Vafo bo'stonin ashkim birla serob ayladim, umre

Erur g'am novaki sarvim, bag'ir pargolasi vardim.

Muhiqdur, ey Navoiy, ul pariy mendin malul o'lmoq,

Nedinkim, ko'yida devonalig'ni haddin o'tkardim.

  • Semantik izoh: