
Alisher Navoiy korpusi

405
Ey, yuz-u qading oshiqi gul, sarvi ravon ham,
Munung ichida o'qdur, aning bag'rida qon ham.
Ko'yung erur ul ravzaki, xijlat topib andin,
Gum bo'ldi gulistoni Eram, bog'i jinon ham.
Og'zing bila la'lingni tilar jon-u ko'ngulkim,
G'unchangg'a ko'ngul sadqa, fido la'linga jon ham.
Ko'ngul kibidur g'uncha, ekan lolaki bordur,
Paydo toshida qon, ichida dog'i nihon ham.
Gah bul-ajab ahvolima, gah dardima bo'lmish
Ul ko'yida har kechaki g'avg'ovu fig'on ham.
Men telbaki ko'rgach ani faryod etib o'ldum,
Gar yaxshi emas erdi, emas erdi yomon ham.
G'am xayli hujum etsa, yugur maykada sori,
Nevchunki, erur hisni hasin dori omon ham.
Tut mug'tanam, o'ldung xushhol zamone,
Nevchunki, zamon hosid erur, ahli zamon ham.
Har yon borur ul sho'x-u Navoiyg'a ham ummid,
Kim sahv ila shoyad qilg'ay mayl bu yon ham.