Alisher Navoiy korpusi

406

Ishq o'tidin tanda andoq sa'b o'lubtur kuymakim,

Kim shararlar toridin go'yo to'qilmish ko'nglakim.

Bag'rim-u ko'nglum itiga to'maliq dushvor edi,

Shukrkim, chok o'ldi ishqing tig'i birla ko'kragim.

Za'fdin ko'yungga bordim surganib atfoldek,

Rahm qilg'ilkim, bu yo'lda haddin oshdi emgakim.

Dema uyqusiz ko'zung hajrim tuni ochilmadi,

Ne qila olg'ay ajal uyqusi birla sergakim.

Bir qadam vayronima qo'ykim, g'amingdin tun-u kun

Yuzga ilgimdur sutun, tufroqqa botib tirsakim.

Dard ko'rkim, dev siyratlar bilandur ul pariy,

Garchi bor andin malak xaylig'a dog'i tergakim.

Ey Navoiy, hajridin yillar quyub, ul bevafo

Demadikim, naylar ul ushshoq ichinda ertakim.

  • Semantik izoh: