
Alisher Navoiy korpusi

407
Hajringda qon-u g'ussadur ichmak-yemaklarim,
Ishrat surudi-nolai zor aylamaklarim.
Maxfiy g'aming yozarda yig`ilg`an bitikcha bor
Darding nihon tutardin oqarg'an so'ngaklarim.
Jon-u ko'ngul firoq hujumida ittilar,
Mendin zabun-u zorroq ermish ko'maklarim.
O'pmak izimni yo'q hadim, ammo xayol ila
La'lingni yolqitur mutaoqib muchaklarim.
Dardi balo boshimg'a yog'ar onchakim, magar
Chambarlaridin ayladi gardun elaklarim.
Yuz pora bag'rima tish urar men yutarda qon,
Bu bo'lsa may, ne tong, alar o'lmoq gazaklarim.
Og'zing gumoni erdi Navoiyda, shukrkim,
Nutqung yaqing'a qildi badal barcha shaklarim.