
Alisher Navoiy korpusi

408
Yig'larimni, eyki, ko'p man' aylading, yo'qtur shakim,
Ashking o'lmoqda sadim gar bo'lsa darding sad'yakim.
Ul quyosh vaslin tilarda po'yam ul g'oyatdadur,
Kim emas mumkinki, bir kun soya bo'lg'ay hamtakim.
Jon berib, vaslingni bay' etkanni yozdim ko'ngluma,
Dard-u ishq ikki guvohim, choklik ko'nglum chakim.
Shomi hajr uyg'oqmen behad kelurdin ko'zga yosh,
Uyqug'a qo'ymas yugurmakdin bu xayli go'dakim.
Ko'ngluma juzv o'ldi paykoningki, chiqmas tortibon
Juzv-juzv o'lsa ko'ngul, ul juzv erur loyanfakim.
Soqiyo, mir'oti idrokimni maydin ravshan et,
Kim emas bu korgahda bir sarimo' mudrakim.
Ey Navoiy, og'zidin ko'nglumda gar bor erdi shak,
Qatlima chun demadi so'z, bartaraf bo'ldi shakim.