Alisher Navoiy korpusi

409

Kishi ham ermas emish ishq sirrig'a mahram,

Taxayyulig'a ko'ngul ham, hadisig'a til ham.

Nasime g'uncha ichidin chu yoydi gul atrin,

Dimog'larg'a yetardin ne chora, ey hamdam.

Yoshurdi odam agar tengri sirrini, ko'runguz,

Ki xalq sirrini tutmas nihon bani odam.

Taashshuqum so'zini, ey rafiq, ko'p so'rma,

Ki bu fasonaning avlodur o'lmag'i mubham.

Agar gunohim esa dard-u ishq izhori,

Bu so'zda yaxshi-yomonning qoshida men mulzam.

Hayot bo'lsa qililg'ay talofiyi mofot,

Fig'onki, umr binosi emasturur mahkam.

Xush ulki, mast o'lub o'lg'ay xalos olamdin,

Ki keldi olami behushluq ajab olam.

Men o'lmadim esa g'amsiz dame, g'am ermastur

Ki g'am hujum etar, o'lg'an zamon dame xurram.

Ne tong, Navoiy ulustin gar o'ldi ozurda,

Ki ko'rdi ko'p alam uzra alam, g'am ustida g'am.

  • Semantik izoh: