Alisher Navoiy korpusi

41

Yor gulgun to'n yenginmu yuzga aylabtur hijob,

Yo yoshurmishtur quyosh ruxsorini gulgun sahob.

Yo'qki, ishq ahlig'a olamni qorong'u qilg'ali

Ul shafaqdin yopti xurshid uzra gulnori niqob.

To qizil to'n ichra bo'ldi jilvagar mohim mening,

Mehr etar har tun shafaq xunobi ichra iztirob.

Qon yoshim aksimu ol etmish falak mir'otini

Kim, bo'lubtur la'lgun atlasda soyir oftob.

To'n kiyib gulrang, olamni guliston aylading,

Bizga qism aylab xazoni hajr aro xori azob.

Soqiyi gulchehra, gulgun boda beandoza tut

Kim, bu gulshan ichradur xori malolat behisob.

Ikki olamda, Navoiy, surxro'lug' istasang,

Ham nabi, ham oliy hubbig'a durust et intisob.

  • Semantik izoh: