
Alisher Navoiy korpusi

410
Furqati za'fida qon yosh ichra yotmish paykarim,
Guluzorimdek qizil atlastin o'lmish bistarim.
Yuz bila ashkim oritti yor, shod o'lsam ne tong,
Kim tulu' etti saodat matla'idin axtarim.
Otashin la'ling g'ami qonlig' tanimg'a soldi o't,
Uchqunum gulbarg o'lub, la'l o'lg'usidur axgarim.
Oh shoyad ko'yi sari eltgay deb shodmen,
Garchi gard o'ldi yo'linda jismi mehnatparvarim.
Uyla hijron birla xo'y ettimki, gar derlar birav
Yori birla vasl topmishtur, emastur bovarim.
Itlaring sing'an safoli ichra bo'ldur durdkash,
Bo'lmasun hargiz tihi ul bodadin bu sog'arim.
Ey Navoiy, hajr o'qidin par chiqarmog' ne asig',
Chun pariyro'yumg'a yetmakka yaramas bu parim.