Alisher Navoiy korpusi

411

Ko'nglum-u jonim fido og'zig'a, guftorig'a ham,

Kufrim-u dinim dog'i zulfig'a, ruxsorig'a ham.

Itti qonlig' ko'nglum, uzgil g'unchalarni, ey sabo,

Kim anga ko'z solmayin, balkim namudorig'a ham.

Zor ko'nglumga agar boqib ani zor aylading,

Joni bemorimg'a ham boq, jismi afgorimga ham.

Borg'ach ul sarvi ravon, jismimda jon qolg'aymukim:

Qaddig'a jon rishtasi bog'landi, raftorig'a ham.

Men kim-u din, ey musulmonlarki, bir kofir ko'rub,

Jon fido qildim chaliposig'a, zunnorig'a ham.

Dahr bog'ining guli o'tdur, biyik ashjori dud,

Yelga ber ul gulni ham, o't solg'il ashjorig'a ham.

Ey Navoiy, dahr yo'q-u bori tinmaslig'dur,

Ting'asen, gar qilmasang parvo yo'q-u borig'a ham.

  • Semantik izoh: