
Alisher Navoiy korpusi

412
Emas junundin, agar tog'larda bo'lsa qarorim,
Ki qoldi bahri sirishkim tubida mulk-u diyorim.
Jamoling oyinasin xat chu tiyra ayladi – o'ldum,
Ne ayb qilsa quyosh ko'zgusini tiyra g'uborim.
Chu itlaring yaladi qonlarimni zaxmlaridin,
G'arib marham edi buki topti jismi figorim.
Sirishk qoni chu naqsh ayladim, nigor yetishti,
Bihisht qildi buzug' manzilimni naqsh-u nigorim.
Halokim ul qad-u yuzdin chu bo'ldi, tufrog'im uzra
Bo'lur, chu sarv uza gul egilsa, sham'i mazorim.
Qadah olib labi jon baxshinga, quy og'zima, soqiy,
Ki jonni aylagudekdur halok ranji xumorim.
Navoiyo, su agar qilsa toshni, ne asig'dur,
Nigor ko'ngliga qilmas asar chu nolai zorim.