Alisher Navoiy korpusi

413

Ne rafiqekim, davosiz dardi holimni desam,

Ne shafiqekim, nihoyatsiz malolimni desam.

Etti charx avroqi to'lg'ay, yetti bahr o'lsa midod,

Ul quyosh vaslig'a bir damliq xayolimni desam.

Istimo' o'lsa xirad savdoi o'lg'ay, shammas

Zulfi zanjirida savdoi muholimni desam.

Chunki kozibdur munajjim o'ksa mehrin ordur,

O'truda ul axtari farxunda folimni desam.

Dema to'bidinkim, ul eski daraxt o'trusida

Nomunosibdur, agar navras niholimni desam.

Rind emasmen dayr aro, gar jomi Jamdin o'tsa so'z,

May gadolig' qilg'ali sing'an safolimni desam.

Ey Navoiy, xo'blar ichra mening mohimdadur,

Tab'i mavzunni desam yo zehni solimni desam.

  • Semantik izoh: