Alisher Navoiy korpusi

414

Firoq o'tidin aningdek qizibturur badanim,

Kim ani sokin etar jonni o'rtagan tuganim.

G'amingdin uyla o'luklar hisobi bo'lmishmen,

Ki hujra madfan-u idbor gardidur kafanim.

Sirishk bahri aro uyla xo'y qilmishmen,

Ki su kishisidek o'lmish tengiz aro vatanim.

Farishtalig' tilamon, istaram iting bo'lsam,

Agar bo'lur esa zulfung kamandidin rasanim.

Agarchi yuz tikan ul g'amza tikti bag'rimg'a,

Yuz ochsang, ochg'usi yuz gul bag'irda har tikanim.

Xush ulki, yig'lar edim zor-zor dayrda mast,

Sanam g'amidin o'lub chok-chok pirahanim.

Navoiyo, qani ul fayz xonaqoh ichra

Azimat etki, erur xushroq anda-o'q ekanim.

  • Semantik izoh: