Alisher Navoiy korpusi

415

Ishq tarkin qildim-u chiqti ko'nguldin yodi ham,

Sizga vaslining nishoti, hajrining bedodi ham.

Ishq buzsun deb ko'ngul mulkini obod ayladim,

Yer quyi emdi aning vayroni ham, obodi ham.

Zor edimkim, shod emas ishq ichra ko'nglum xotiri

Emdi ko'nglum qolmadi, ul xotiri noshodi ham.

Ko'rsa Layli birla Shirin ruhi javrin, rahm etib,

Kuygay aning xasta Majnuni, munung Farhodi ham.

Dahr bog'idin, ko'ngul, naf'i vafo ko'z tutmakim,

Besamardur sarv ham, sarkashdurur shamshodi ham.

Men vafo kimdin topay, bu shevani chun topmadi

Ofarinishda pariy jinsi, bashar avlodi ham.

Yorsizlig'din Navoiyni yana qo'rqutmangiz

Kim bu sa'b ishga yurak bosti ko'ngul to'qtodi ham.

  • Semantik izoh: