Alisher Navoiy korpusi

416

Keldi tirguzgali za'fim ko'rub ul Isodam,

Kelgani ham o'z ishin qildi, vale ketgani ham.

Kelmaki jon beribon qayturi o'lturdi yana,

Go'yiyo qaytg'ali boshima yetkurdi qadam.

Borib o'lturmadi jon naqd nisor etti ko'ngul,

Uylakim, xalq sochar, shoh ayog'ig'a diram.

Shomi hijroniki, g'oyatsiz erur tiyralig'i,

Adam iqlimig'a ul keldi savodi a'zam.

Ko'zni surtub, gar itingning tabonin resh ettim,

Hal qilib ko'z qora-yu oqini aylay marham.

Vah, ne yanglig' bu xarobot aro hushyor bo'lay,

Ki daqoyiqdur anga bir-birisidin mubham.

Men kim-u vasl, ani xoslaringg'a yetkur,

Kim Navoiyg'a yetar hajr aro bedod-u sitam.

  • Semantik izoh: