Alisher Navoiy korpusi

417

Hajr qonim to'kkudekdur, buylakim zor o'lmisham,

Bot qutulg'um garchi bas qottig' giriftor o'lmisham.

Uylakim uryon tanimg'a yog'di tosh hijronida,

Ey Masih, asra damingkim, behad afgor o'lmisham.

Kecha tegrang aylanib, kunduz yuzum devor uza,

Uydagi parvonadin go'yo namudor o'lmisham.

Mumkin ermas men qari soyilg'a ko'yung furqati

Xossakim, ishq ofatidin sa'b bemor o'lmisham.

Ko'yi devorig'a orqam yopishib, men volihi

Suvrati nazzorasida naqshi devor o'lmisham.

Gar ko'runmas ul pariy, istab anga yakranglik,

Za'fdin men telba ham emdi parivor o'lmisham.

Ey sabuh ahli, meni bir jom birla tirguzung,

Kim o'lum holi xumor ilgida bedor o'lmisham.

To mulozim piri dayr o'ldi, murodim mug'bacha,

Sokini dayr-u muqimi ko'yi xammor o'lmisham.

Ey Navoiy, sarv birla gulni naylay, chunki men

Volai bir guluzori sarvraftor o'lmisham.

  • Semantik izoh: