
Alisher Navoiy korpusi

418
Qarig'an chog'da bir mahvash yigitga mubtalo bo'ldum,
O'zum o'z jonima bedod qilmoqtin balo bo'ldum.
Manga ham oshno begona ham begona xasm o'ldi,
Ham ul chog'dinkim, ul begonavashqa oshno bo'ldum.
Junun sahrosida demang qachondin bo'ldung ovora,
Aning ishqida tokim aql mulkidin jalo bo'ldum.
Yuzumga charxdin yuz koju ul oy ollida mardud,
Qorarg'an ro'zgorimdek ajab yuzi qora bo'ldum.
Hino yoqg'an kibi jismimg'a marhamni suvadiklar,
Ki boshtin to oyoq hajr o'qlari birla yaro bo'ldum.
Manga dorul-qazoyi ishq aro qon da'vi etti shavq,
Anga xunrez ko'z birla bu da'vog'a guvo bo'ldum.
Mug'ona nag'ma birla mug'bacha may tutti ollimda,
Chu bir irshod birla sokini dayri fano bo'ldum.
Muraqqa' bas manga yuz dog'liq tan, chunki dayr ichra,
Safol ilgimda durdi boda istardin gado bo'ldum.
Navoiy barcha el bir yon-u sen bir yon, yomon ermas
Gar ahli ishq toptilar navo, men benavo bo'ldum.