Alisher Navoiy korpusi
419
Ko'ngul jarohatig'a vaslidin davo ko'rsam,
Nazar murodin aning husnidin ravo ko'rsam.
Bu nomurod yuzin bir nazar ko'rub har dam,
Murodim ushbudururkim, ani yano ko'rsam.
Ne nav' el ko'zi ollida ko'rmakiga chiday,
Erur chu mardumidin rashk ko'z aro ko'rsam.
Qora ko'rub, ne balo qo'zg'alurlar el manga ham,
Ne ayb-u ham xatidin qaro balo ko'rsam.
Ulus jafosidin etmon shikoyat ulcha kelur,
Ne shikva, ul ulus oshubidin jafo ko'rsam.
Qoshimda jomi Jam-u saltanatcha bor o'rni,
Safol alimda xarobot aro gado ko'rsam.
Bu korgahda xato kelmadi chu bir sarimo'y,
Xato mening nazarimdindurur, xato ko'rsam.
Qachong'acha bo'lay o'zluk muziyqi ichra batang,
Xush ulki, jilvagahim vodiyi fano ko'rsam.
Navoiyo, meni gar yor benavo qilsa,
Ko'p ortug' andinkim, g'ayrdin navo ko'rsam.