Alisher Navoiy korpusi

42

Vahki, ul mug'bacha, har damki chekar bodai nob,

Qo'zg'alur arbadasidin bu ko'han dayri xarob.

Yoqa chok-u, o'zi bebok-u belida zunnor,

Bir ilikida pichoq, bir qo'lida jomi sharob.

Ko'zi islom elining jonin olurg'a qotil,

Zulfi taqvo elining bo'g'zidin osmoqqa tanob.

Yuzida kufr o'tining shu'lasidin yuz ming nur,

Sochida din xalalidin tushubon yuz ming tob.

O'lturub dayr eshiki ollida tufrog' uzra,

Durdi jomiki tomib, ruh topib ahli turob,

Jonlaridin yub ilik barcha xarobot ahli,

O'zni qutqarg'ali har qaysig'a bir sari shitob.

Buyla holatda ko'zi tushti manga-vu kulibon

Yuz tuman lutfu karam birla bu nav' etti xitob,

"Kim ayo rindi vafo pesha-vu mehr andisha,

Kelib ich bir qadah-u chekma xumor ichra azob".

Yugurub tushtum ayog'ig'a-vu tufrog' o'ptum,

Berdi may ilgima hayvon suyi ollida sarob.

Chektimu hush yuzin ko'rmadim, andin so'ngra

Tushmisham ko'yi xarobot ichida masti xarob.

Ey Navoiy, angakim bor esa bu roh nasib,

Ruhullohu taolo valahu husni maob.

  • Semantik izoh: