Alisher Navoiy korpusi

420

Jong'a ko'ksum chokidin jononni mehmon ayladim,

Gavhare toptim, ani ko'nglumda pinhon ayladim.

Kavkab ermas, paxtalar tiqmish qulog'ig'a sipehr,

Ul quyosh hajrida tunlar baski, afg'on ayladim.

Jong'a, ey gul, xori g'am ko'p urdung, et vahm emdikim,

Har birin bir novaki ohimg'a paykon ayladim.

Ko'ksum uzra har ne marham erdi, ashk oqizdi, voy,

Kim salomat tarhin ul su birla vayron ayladim.

Fitna toshi yo salomat sohili tengdur manga,

Kim hubobi ashkdin boshimg'a qolqon ayladim.

Boisi maqsud – zohid zuhd qildi, men – fano,

Faqr iqbolidin ul mushkulni oson ayladim.

Ey Navoiy, bog'lab erdi Ka'ba ehromin ko'ngul,

Ko'yidin bir nukta sharh aylab, pushaymon ayladim.

  • Semantik izoh: