Alisher Navoiy korpusi

421

Bodadin jon isi kasb etti mashom,

Go'yiyo la'linga yetmish edi jom.

Ko'rmagan Xizr suyining borishin,

Kel-u ko'r obi hayotimg'a xirom.

To'lin oyni nedin el vasf qilur,

Ki mushobihdurur ul yuzga tamom.

Mehri gardun chamani vardidurur,

Kim erur ko'zga yuzungdek gulfom.

Qadam, ey ruhi ravon, boshima qo'y,

Negakim, ruh biyik topti maqom.

Xol-u zulfig'a ko'ngul bermangkim,

Qushni bandur etar ul dona-u dom.

Og'zi vasfida Navoiy so'z der

Muxtasar, chunki erur xayri kalom.

  • Semantik izoh: