Alisher Navoiy korpusi

422

Lahza-lahza kunduz oning zulmini yod aylaram,

Kecha o'z jonimg'a bedod uzra bedod aylaram.

Aql yod aylab, yana hijronida bo'lsam xamush,

Chun junun tug'yon qilur, bexost faryod aylaram.

Bo'yni bog'liq qul qilur, ko'rgach agarchi hajrida,

O'zni yuz ta'kid ila ishqidin ozod aylaram.

Ishq sayli chun o'tar, topmon tilab osorini,

Har necha ko'nglumga tarhi sabr bunyod aylaram.

Qush qochar sayyod domidin, ajab qushmenki, men

Zulfin istab orzuyi domi sayyod aylaram.

Aql-u hush, avroq-u ajzosin junun ohi bila

Devbod o'tkan kibi borini barbod aylaram.

Soqiyo, muhlikdurur qayg'um o'shal ummid ila,

Kim mayi jonbaxsh tutqun, xotirim shod aylaram.

Farqdin yuz yilchiliq yo'l men yiroq, avval dalil

Buki, faqr oyinini o'zumga isnod aylaram.

Ey Navoiy, zulmkim, nomehribon mohim qilur,

Mehribon shohimni ko'rgach, qichqirib dod aylaram.

  • Semantik izoh: