Alisher Navoiy korpusi

423

Dardoki, lahza-lahza fuzundur malolatim,

Hijron malolatidin erur sa'b holatim.

Boshimki, tig'i kasrati yetkach, tushar quyi,

Altofi o'trusida bu erkan xijolatim.

Desamki, ey jamol elining shohi, qilma zulm,

Der, shohliq tariqidadur bu adolatim.

Menda maqol quvvati yo'q za'fdin, valek

Har anjuman orasida yo'q juz maqolatim.

Ko'nglum o'tinki sharh qilurmen, bo'lur samum,

Ul gulga tong nasimi gar etsa risolatim.

Dashti junung'a kirmangiz, ey ahli ishqkim,

Gum aylar anda xalqni dudi zalolatim.

Yor etmay iltifot Navoiyg'a bo'lsa ya's,

Ne g'am, chu qatl va'dasi bor istimolatim.

  • Semantik izoh: