Alisher Navoiy korpusi

424

Bo'lg'anda hajr tunlari behushlug' ishim.

Ko'z mardumidurur yuzuma su urar kishim.

Demangki, yor ochsa uzor, ayla jon nisor,

Ne hojat aytmoq, ul erur hud mening ishim.

Hajrida uyla telba bo'lubmenki, telbarar

Har itni yor ko'yidakim zaxm etar tishim.

Ko'p surdi tig'i qatl firoq, emdi sen dag'i

Bir qatl tig'i sur, yetishibdur chu varzishim.

Jonon murodi qatlim o'lub, qilsa jon ibo,

Jonimg'a qarg'ishimdur-u jonong'a olqishim.

Ul gul harimi gulshanida bir giyoh edim,

Nav'e qo'ngardi hajrki, qolmadi qirtishim.

Demang, Navoiy asr-u tirik qoldi hajr aro,

Vasli ummidi birladurur muncha qolmishim.

  • Semantik izoh: