Alisher Navoiy korpusi

425

Kuyar hajringda jismi notavonim,

Ne jismi notavonkim, xasta jonim.

Gar o'ltursang meni, qil tig' ila qatl,

Ki bo'lsun ko'yunga og'ushta qonim.

Firoqing so'zidin bir shu'ladurmen,

O'ti ul shu'laning so'zon fig'onim.

Meni qovma eshikdin, chun itingmen,

Ajab yo'q, gar erur ko'yung makonim.

Yorib ko'ksum, seni jonimg'a tortay,

Tarahhum qil, ko'rub dog'i nihonim.

Amon bermas edi davron jafosi,

Xarobot o'lmasa dorul-amonim.

Aning ko'yida qil qabrim, Navoiy,

Der ersangkim, yetushsin yerga yonim.

  • Semantik izoh: