
Alisher Navoiy korpusi

426
Firoq dashtida tufroq bo'lub edi boshim,
Ko'tarmasa edi tufrog'din ani yoshim.
Boshimni go'y qilibmen yo'lungda, ey chobuk,
Oting ayog'i qayon bo'lsa, andadur boshim.
Yo'l uyla qat' etaram ul quyosh havosinda,
Ki soya qilg'udek ermas o'zini yo'ldoshim.
Hayot naqdini naylayki, mayfurush olmas,
O'shancha mayg'aki ochqay xumor qalloshim.
Yuzung xayolida ohim sharar sochar har yon,
Samumi hajrdurur bu nasimi gulposhim.
Ketur piyolaki, har nechakim vafo qildim,
Jafodin o'zga ulustin yo'q erdi podoshim.
Navoiyo, agar ikkinchi Odam ermasmen,
Nedin jahon yuzini tutti sar-basar yoshim.