Alisher Navoiy korpusi

427

Qorig'an vaqtda bir tiflg'a shaydo bo'ldum,

Kim g'amidin qari-yu tifl aro rasvo bo'ldum.

Xayli atfol aro tosh yog'duribon qovlarlar,

Har qayondinkim aning ko'yida paydo bo'ldum.

Qaysi Majnun sog'olur, ko'rsa meni telba bo'lur,

Telbalar xaylig'a sarmoyayi savdo bo'ldum.

Itlari silsilasida kechalar nola chekib,

Xayli ahbobqa sarhalqayi g'avg'o bo'ldum.

Gohi eng uzra, gah tim-tim ko'runur ko'z yoshim,

Ishq bog'i aro shohi guli ra'no bo'ldum.

Demakim, tavba-yu taqvoni qachon tark etting,

Soqiyi gulruxqa dame sheftasi to bo'ldum.

Labi vasfida Navoiy dami tirguzdi o'luk,

Fayzi qudsiy chu madad qildi – Masiho bo'ldum.

  • Semantik izoh: