
Alisher Navoiy korpusi

428
Ey pariy, rahm etki, ko'nglum zor erur, bechora ham,
Ishq-u savdo dashtida Majnun erur ovora ham.
Tandag'i paykonlar-u ashkim yorutmas uynikim,
Dudi ohimdin qorarmish sobit-u sayyora ham.
Zaxmi ko'p bag'rimni tikmak mumkin ermas, ey rafiq,
Kim erur yuz poravu majruh erur har pora ham.
Vasli iqboli-yu men, hayhotkim, ruxsorini
Toqatim yo'qtur yiroqtin qilg'ali nazzora ham.
Uyla su qildi balo ko'hsorini ohim o'ti,
Kim olib ko'ksumga urg'uncha topilmas xora ham.
Charx makr-u fitnasidin g'ofil o'lmang zinhor,
Chunki bu shohid base fatton erur, makkora ham.
Telbarab ittim Navoiydek junun sahrosida,
Qilmadi yodimni hargiz bir pariyruxsora ham.