
Alisher Navoiy korpusi

43
Pariydek ulki erur xo'blar aro mahjub,
Hijob siz-u men uldur bu telbaga matlub.
Hayosi birla hijobida garchi volamen,
Qilibturur meni ollida noladin majhub.
Muhabbat ahlig'a noz etkuchidin ermish sa'b,
Tariqi hilm-u adab zohir etkuchi mahbub.
Chu ishq g'olib erur, ehtiyoj emas Layli
Qilurg'a ishvaki, Majnunni aylagay mag'lub.
Kishiki, da'voi ishq ichra o'zdin oldi hisob,
Bu muddaoda agar o'lmagay, emas mahsub.
Fano yo'lida sabukbor istasang o'zni,
O'zungdin ayla burun o'zlukung yukin maslub.
Navoiy, asr-u muaddabdur ul mahi maktab,
Adab tariqi bila yozg'asen anga maktub.