Alisher Navoiy korpusi

430

Xirqai zuhd o'rtamak ko'nglum shiori ayladim,

Subha torin uzdum-u ko'kurd tori ayladim.

Chun tutashti o't, bir ovuch donasin tasbihning

Ustiga sochmoq bila ul o't sharori ayladim.

Daftar-u sajjodavu na'layinni ham dam-badam

Tashlamoq birla ravon ul shu'la sori ayladim.

Zuhd-u taqvo, balki chun o'zluk nishoni qolmadi,

Rasm sayr aylab, fano dayri guzori ayladim.

Ichmayin bir jur'a andoq jilva qildi mug'bacha,

Kim qoshinda sajda qilmoq ixtiyori ayladim.

Muncha davlat kasbikim aylab ekin olam aro,

Kim fano iqbolidin men xasta bore ayladim.

Ey Navoiy, menda bir jon naqdi qolmish erdi bas,

Shukr, ani ham may-u mutrib nisori ayladim.

  • Semantik izoh: