Alisher Navoiy korpusi

431

Ey, hilolingg'a nigun qad bila payvastalig'im,

Dilkusho g'unchai xandoningga dilbastalig'im.

Tushkali jonima bemor ko'zung hijroni,

O'lgudekmenki, base sa'bdurur xastalig'im.

Chun fano ahlig'a qayd o'ldi soching silsilasi,

Qilmadi naf' tajarrud bila vorastalig'im.

Yuz shikast o'ldi junun toshlaridin jismim aro,

Garchi ko'nglumda erur oncha yuz ishkastalig'im.

Ishq sahrosidakim po'ya urub sekrermen,

Bu ekin zumrai ushshoq aro barjastalig'im.

Istiqomat chu zamon tab'ida yo'qtur, ne ajab,

Bir zamon tezligim, bir nafas ohistalig'im.

Yuz baliyatqa Navoiydek o'lub shoyista,

Ne balodurki, anga bo'lmadi shoyistaligim.

  • Semantik izoh: