Alisher Navoiy korpusi

432

Noma yozdim yor uchun, lekin javobe topmadim,

Jismima ul nomadek juz pech-u tobe topmadim.

Har kishiga jon berib, qildim tama' mehr-u vafo,

Bu gunah podoshi juz noz-u itobe topmadim.

Dardi keldi qasdima, itmish edi vayron ko'ngul,

Qo'yg'ali bu ganjni, vahkim, xarobe topmadim.

Chirmadim jon rishtasin novaklaringg'a nay kibi,

Uyla qushlar qaydig'a mundoq tanobe topmadim.

Chun xayoling ko'zda mehmon o'ldi, may qon yosh o'lub,

Bag'lag'an kirpikda qonlardek kabobe topmadim.

Nechakim matlub ruxsorin dedim aylay nazar,

O'zlugumdin o'zga ul yuzga hijobe topmadim.

Ey Navoiy, hajr aro qil ishq birla mashvarat

Kim men istab aqldin royi savobe topmadim.

  • Semantik izoh: