Alisher Navoiy korpusi

433

Xilvate topib, seni jismim aro jon aylasam,

Balki jon xilvatsaroyi ichra mehmon aylasam.

Xilvat eldin yoshurun, xilvat aro tan yoshurun,

Tanda jon yanglig' seni jon ichra pinhon aylasam.

Anda ham jon pardasin har sori osib satr uchun,

Vasling ixfosin nechakim, bo'lg'ay imkon, aylasam.

Chun bu xilvat ichra ne o'zluk erur mahram, ne men,

Har ne nomahram durur, o'zdin parishon aylasam.

Daf' o'lub ag'yor, topsam bor ul xilvat aro,

Bezabonlig' birla sharhi dardi hijron aylasam.

Umri boqiy topqamen, bir lahza ushbu hol aro

O'zni bexud, ko'zni ruxsoringg'a hayron aylasam.

Ey Navoiy, dema iqror ayla ishqi tarkini,

Kim inong'ay, gar o'zumga buyla bo'hton aylasam.

  • Semantik izoh: