Alisher Navoiy korpusi

434

Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko'rmadim?!

Ko'rguzub yuz mehr, ming dard-u balosin ko'rmadim?!

Kimga boshimni fido qildimki, boshim qasdig'a

Har tarafdin yuz tuman tig'i jafosin ko'rmadim?!

Kimga ko'nglum ayladi mehr-u muhabbat foshkim,

Har vafoga yuz jafo oning jazosin ko'rmadim?!

Kimga jonimni asir ettimki, jonim qatlig'a,

G'ayr sari xulq-u lutfi jonfizosin ko'rmadim?!

Kimga soldim ko'z qoravu oqini ishq ichrakim,

Qon aro pinhon ko'zum oq-u qarosin ko'rmadim?!

Sen vafo husn ahlidin qilma tavaqqu', ey rafiq,

Kim men ushbu xaylning husni vafosin ko'rmadim.

Ey Navoiy, tavba andin qilmadim shayx ollida,

Kim bu ishda dayr pirining rizosin ko'rmadim.

  • Semantik izoh: