
Alisher Navoiy korpusi

435
Soching savodig'a hargiz nazora aylamadim,
Ki dudi oh ila olamni qora aylamadim.
Yo'lungda kimsa boshin ko'rmadimki, g'ayratdin
Boshimni yerga urib, pora-pora aylamadim.
Bag'irni choklar etkandin aylama inkor,
Men ani tig' ila xud muncha pora aylamadim.
Manga g'aming aro bechoralig'durur chora,
Ne g'am, agar meni bechora chora aylamadim.
Yorang hisobini kasratdin anglamon, ey ishq,
Sanab tuganmadi, yo'qkim, shumora aylamadim.
Tavakkul ayla-yu kir ishq yo'lig'a, ey shayx,
Ki men qilurda bu azm istixora aylamadim.
Navoiy ohni ifshoi ishq uchun yozg'ur,
Ki ko'nglum o'tini men oshkora aylamadim.