Alisher Navoiy korpusi

436

Orzu tuxmig'a bar hirmon ekanni bilmadim,

Vasl naxlig'a samar hijron ekanni bilmadim.

Hajr vodiysig'a kirgan chog'da bildim to'li bor,

Lek muncha behad-u poyon ekanni bilmadim.

Angladimkim, sa'b emish bemori furqat ranji, lek

Sharbati - zahr-u g'izosi - qon ekanni bilmadim.

Bistari hijronda bildim sanchilur xori firoq,

Har sarimo' tanda bir paykon ekanni bilmadim.

Charx afsun berdikim, bot o'lg'usi hajringg'a vasl,

Muncha oning va'dasi yolg'on ekanni bilmadim.

G'am tuni bildim bo'lur oshiqning oh-u ashki, lek

Ul biri sarsar, bu bir to'fon ekanni bilmadim.

Ey Navoiy, vasl agar topsang, g'animat bilki, men

Ro'zgori vasl xush davron ekanni bilmadim.

  • Semantik izoh: