Alisher Navoiy korpusi

437

Shomi vaslingni ko'rub, subhi dilafro'z dedim,

Subhi hajringg'a yetib, shomi jigarso'z dedim.

Teng ko'rundi ko'zuma vasl aro qad-u zulfung,

Kecha kunduzni ko'rub teng, ani navro'z dedim.

Ishqidin tondi ko'ngul, soldi qaro kunga firoq,

Ajab ermas, gar ani qalbi siyahro'z dedim.

Chini zulfung g'ami muhlik dedim, o'lturma meni,

Chin dedim, har neki men zori g'amando'z dedim.

Yangi o'rgandi ko'ngul bulbuli ul gul yuziga,

Tong emastur, agar ul qushni navomuz dedim.

Tikti pand ignasidin dahr eli ko'nglum yarasin,

Xalq nishini bu ma'ni bila dilso'z dedim.

Ey Navoiy, yorudi shomim ul oy partavidin,

Ne taajjub, gar ani mohi shabafro'z dedim.

  • Semantik izoh: