
Alisher Navoiy korpusi

439
Bizga ul oy hajridin bir yilchadur har tiyra tun,
Kunduzin angla bu tundin ham qorong'u, ham uzun.
Balki yo'qtur bu tun-u kunda tafovut, lek bor
Har birida bir g'ami muhlik bu mahzun jon uchun.
Gar o'tar yuz ming suubat birla kunduz mehnati,
Voy-u yuz ming voy, men bekasga bo'lg'ach kechqurun.
Gar butun ermas yoqam, ey do'st, hayrat qilmakim,
Tosh urardin ko'ksum ichra bir so'ngak ermas butun.
Hajridin o'rtansa jismimda so'ngaklar, tong emas,
Kim erur o't asru itik, dog'i bas qoqshol o'tun.
Ishq naxlining bari hijron emish, ey do'stlar,
Bu nasihatdin yengiz bar oshiq o'lmastin burun.
Necha tun hijrondin aro oldi Navoiy jonini,
Kimga yetsa vasl, tutsin mug'tanam bir necha kun.