
Alisher Navoiy korpusi

44
Labingdin xasta jonkim bo'ldi betob,
Emas betob, anga erur shakarxob.
Yoshimdin obro'yum bordi, bildim
Ki, ravnaqsiz qilur oltunni siymob.
Qoshing hajrida har na'liki kessam,
Kelur payvasta, jono, shakli mehrob.
Qilich bog'i beling quchqon hasaddin
Ko'zumga ajdaredur shakli qullob.
Ko'zum ollidadur la'ling xayoli,
Emas kirpiklarim ostida xunob.
Firoq ilgi fig'on jon rishtasidin
Chiqarur, tordin andoqki mizrob.
Falak boshingg'a qoplab it terisin,
Sen ani jahldin deb kish-u sanjob.
Ajab yo'q, odamilig'ni unutsang,
O'zungni buyla it charmida asrob.
Navoiy, ranj ko'rma, og'zin istab
Kim, ul bir javharedur — asr-u noyob.