
Alisher Navoiy korpusi

441
Subh chun borg'ung, kelib kulbamg'a pinhon kechqurun,
Hajr o'qin jonimg'a sen otma tong otmasdin burun.
Necha el mendin yoshurg'aylar seni, vah, bir kecha
Netti kulbam sori kelsang, barcha eldin yoshurun.
Jon magar chiqqay va yoxud seli ashkim ko'yidin
Chiqqudekmen, bori ul ko'y ichra tutmay men o'run.
Jilva qilg'anda ko'runmaslar ko'zumga sho'xlar,
Ey pariy, sen bori bu devonag'a gohi ko'run.
Nolam andoq bo'ldi, bag'rin yorasi islang'ali,
Kim yonimdan o'tmas, el tutmay quloq birla burun.
Chirmabon berkit surohi og'zini, ey piri dayr,
Qayda ko'rsangkim, uzulmish choki xirqamdin burun.
Ey Navoiy, tifllar qovg'on zamon majnun debon,
Bu bahona birla o'z laylivashing sari urun.