
Alisher Navoiy korpusi

442
Bog'ladim afg'ong'a bel naydek, seni ko'rgan zamon,
Za'fdin qilding meni oxir beli bog'liq somon.
Emdi ruhung toza et ul otashin ruxsordin,
Kim meni mahjur ani ko'rmak hamon, kuymak hamon.
Ko'z yumulmish hajrdin, ul yuzga ochmoq istaram,
Lek hijron ko'z yumub ochquncha ham bermas omon.
Dasht aro derlar meni - Majnun, ani - men ko'rgan el,
Charx zoli bizni go'yokim ketirmish tav'amon.
Yaxshilardin yaxshidur yorim, ne nav' aylay tama'
Vaslin aning, menki bordurmen yomonlardin yomon.
Qil zuloli vasl ila bulbulni, ey gul, shodkim,
Bu chamanda doimo shodobliq yo'qtur gumon.
Azm etib ermish Navoiyni so'rarg'a ul Masih,
Ey ajal, joning uchun jonimg'a rahm et bir zamon.