Alisher Navoiy korpusi

443

Mahvashekim chehra davrinda qiron etmish ayon,

Davrning mahvashlarida uldurur sohibqiron.

Ne qiyig' erkin ul oy to'nidakim, tikkan chog'i

Mehr anga zarrishta yetkurmish, farisa osmon.

Tugma gulgun deklayida la'l paykoni emas,

Gulga bog'labtur ko'ngul bulbullar, ammo barcha qon.

Titraguch ermas murassa'kim, quyosh boshi uza

Xo'shai parvin shioi xat aro qilg'il makon.

Vo'sma-yu gulgunadin ul orazi zebo erur,

Sabza-yu guldin nachukkim zeb topqay bo'ston.

Olloh-Olloh, anglamonkim, hursen yoxud pariy,

Odami bu shakl ila hargiz kishi qilmas gumon.

Ey Navoiy, yaxshi ermas erdi ul yon borg'aning,

Chun borib o'tluq yuzin qilding tamosho, emdi yon.

  • Semantik izoh: