
Alisher Navoiy korpusi

444
G'unchai xandon uza xolingmudur, ey mahjabin,
Yo magar shahd istay ul gulbarg uza qo'nmish chibin.
Dasht uza Majnun kibi sargashtadurmen, to erur
Ul musofir mahvashim Layli kibi sahronishin.
Chin-bachin zulfung tushar el bo'ynig'a, yuz voykim,
Bizni chun ko'rdung – tushar qoshing uza chin uzra chin.
Korvoni mushk erur zulf-u banogo'shingda xol,
Nofai mushk o'g'risi bir go'shada qilg'an kamin.
Yuzung uzra zulf-u zulfung halqasidin yuz erur,
Kishvari din ichra kufr-u halqai kufr ichra din.
Yuz o'tidin o'rtading bulbul kibi ko'nglumni, lek
Gar to'kulmas, xushtur ul gulkim ochilmish otashin.
Uyla mahzundur Navoiy yor hijronidakim,
Gar chekar ishrat surudi xalqni aylar hazin.