Alisher Navoiy korpusi

445

Dog'i ko'p tanniki xirqam yopmish-u ey siyminbadan,

Angla har tevruk yurun ostida bir tevruk tugan.

Ey quyosh, oncha shahiding bordururkim, yetmagay

Pardai afloktin gar qilsalar yirtib kafan.

Buki ruhulloh quyosh charxig'a ruhum ko'yiga

Bo'ldilar moyil, ne tong, har kim qilur mayli vatan.

Yuz-u zulfung hajridin har tun sirishkim kavkabi

Charx yanglig' ko'rguzur sunbul uza bargi suman.

Ashk ila kirpikni ko'p yurmenki, bo'lg'ay nisbati,

Tutsa bir kun nogahon ul pok etakni bu tikan.

Xonaqah ichra riyoiy zuhddin bo'lsang malul,

Ey ko'ngul, shod o'lki, yo'qlug'dur fano dayrida fan.

Har qayon azm aylasang, qolmas Navoiy, negakim

Tori zulfungdin aning bo'ynig'a bog'liqdur rasan.

  • Semantik izoh: