
Alisher Navoiy korpusi

446
Labingda nilgun xolingdur, ey jon,
Nachukkim sharbat ichra tuxmi rayhon.
Qizil ranglar ko'zumda hajr o'tidin
Balo bahrida butkan shohi marjon.
Yuzungkim, maydin o'lmish gul uza gul,
Ko'ngul bog'lanmish andin qon uza qon.
Seni barmog' bila ko'rsatmas elkim,
Bilib o'lmakni arz aylarlar imon.
Ko'ngul saydi ko'zungdin chun qutulmas,
Ne mundu tuzdilar ul xayli mujgon.
Vafo ahli ersang, ich davr ayog'i,
Kim asru bevafodur ahli davron.
Sen-u gulbong, ey bulbulki, tortar
Navoiy gulruxidin ayru afg'on.