Alisher Navoiy korpusi

448

Vah, necha tortay ul oy dard-u g'amin,

Yo g'am-u dardi yo'q elning sitamin.

Manga ortuqsidur ag'yor alami,

Torta olsam bas erur yor alamin.

Xalq ko'nglini parishon qildi,

Tong yeli tarqatib ul turra xamin.

Ishq yorutti tamug' hiymasini,

Yetkurub ohim o'tining alamin.

Ey falak, bu kecha ul oy bilamen,

Subhning bir nafase asra damin.

Adam istar chu vujudumni sipehr,

Teng ko'ray emdi vujud-u adamin.

Piri dayr ollida kam xidmat esam,

Tengri bor aylasun oning karamin.

Istagan Ka'bai maqsad vasli,

Olmasun faqr yo'lidin qadamin.

Qil Navoiy kibi tinmog'ni harom,

Istasang yor harimi haramin.

  • Semantik izoh: