Alisher Navoiy korpusi

449

G'amingda buzdi ko'ngul xonumonini hijron,

Tarahhum aylamading xonumoning obodon.

Ko'ngul shikofi emaskim, yaqosin ayladi chok,

Yaqoda tugmalar o'rnida har taraf paykon.

Ne ayb, ohim o'ti ko'nglung ichra qilsa asar,

Ki barq toshqa ham tegsa, qolur anda nishon.

Qiliching elga tegib, rashkdin men o'rtandim,

Ne la'b erurki, su ichra qilibsen o't pinhon.

Firoq za'fida sihhat manga ne mumkinkim,

G'izo yerida bag'ir bo'ldi sharbat o'rnida qon.

May ichki, mug'bachalar suhbati g'animatdur,

Bir-ikki kunki bu dayr fanoda sen mehmon.

Navoiyo, neki olam ishida mushkildur,

Desangki qilg'asen oson, o'zungga tut oson.

  • Semantik izoh: