Alisher Navoiy korpusi

45

Shahd aro og'ushta gulbargedurur ul ikki lab,

Har so'z andinkim chiqar, shirin esa, yo'qtur ajab.

Jonim ichra kirpigi nishi teshuk qilg'an kibi

Bilgurur og'zi, tabassum aylagach ul ikki lab.

Ishqini jon rishtasi birla muqayyad ayladim,

Ey xirad, ketkim, seni qayd etkali yo'qtur sabab.

Xoksorin ul quyosh yuzlik pariy Majnun demish,

Tengri bizga osmondin nozil etmish bu laqab.

Ko'yida maqbul ulus hajrida bilmas kuymakim,

Do'zax ahlidin ne ogah ravzada ahli tarab.

Topti Layli noqasi Majnun fig'onidin hudi,

Mumkin ermas po'yadin taskini aning, ey arab.

Dayr aro har dam yiqilma vajd etib, ey shayxkim,

Piri dayr ollida mustahsan emas har beadab.

Ko'p achig'lanma, agar bo'lsang ulustin talxkom,

Ulcha qismingdur qazodin, kimga aylarsen g'azab.

Ey Navoiy, olma yor ollida yuz tufrog'din

Kim, bu shar' ichra muhabbat sajdasidur mustahab.

  • Semantik izoh: