Alisher Navoiy korpusi
450
Qani ulkim, ko'zum ko'rgay jamoli olamoroyin,
Ko'zumni surtmak qilsam havas, sung'ay kafi poyin.
Meni mundoqki zahri hajri oning talxkom etmish,
Emas insof, o'pmak istasam la'li shakarxoyin.
Mening vaslim kunin chun xajri shomi ayladi tiyra,
Ne sud ar yor orazdin olur zulfi sumansoyin.
Tarab sham'i, ajabkim, nur zohir aylagay bu nav',
Ki men ko'rdum qorong'u hajr shomi mehnatafzoyin.
Kelur chun rizq isi, rozi emasturmen, agar zohid
Rido birla alishsa dayr piri bodapoloyin.
Bukim andishavu g'am yomg'uri mayxonadin o'tmas,
Suvar go'yoki piri dayr tomi uzra ko'p loyin.
Navoiyg'a deding hijronda bir o'q yodgor otqum,
Tirik qolsam, alifdek oni jonim ichra asroyin.